Hokim bemor bolalarni yo‘qladi

News Image

Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi onkogemotologiya bo‘limida davolanayotgan bolalar holidan xabar olib, ularni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi va Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Markaz rahbari M.Azizovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur bo‘limda 36 nafar bola davolanmoqda. Ularning 20 nafari va qarovchilari Yangi yilni shu yerda kutib olishadi. Buning uchun bo‘limda zarur sharoit yaratilgan.

Viloyat hokimi bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, muolaja jarayonlari, dori-darmon ta’minoti bilan qiziqdi. Bemor bolalarga salomatlik tilab, Yangi yil munosabati bilan ular uchun yuborilgan Prezident sovg‘alarini topshirdi.  

A.Boboyev tibbiyot markazida davolanayotgan maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” faoliyati bilan tanishdi.  

Viloyat hokimi Samarqand davlat tibbiyot universitetining ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohligi klinikasida davolanayotgan bolalarni ham yo‘qladi. Bemor bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi.

2025-12-31 |

Yangiliklar