"Xalq bilan muloqot" mobil ilovasi maxfiylik siyosati
1. Jismoniy yoki yuridik shaxs (Murojaat etuvchi), "Xalq bilan muloqot" mobil ilovasi orqali murojaat yuborish vaqtida, mazkur shaxsga doir maʼlumotlarni maxfiylik siyosatini (keyingi o‘rinlarda - Maxfiylik siyosati) qabul qiladi va shaxsga doir maʼlumotlarini ishlov berishga o‘z roziligini beradi;
2. Mazkur maxfiylik siyosatining barcha bandlari bilan "Xalq bilan muloqot" mobil ilovasida murojaat etuvchi tanishishi va kerakli belgini qo‘yishi, mazkur maxfiylik siyosatiga uning to‘liq va eʼtirozsiz kelishuvini (Kelishuv) bildirishi va ularni qabul qilishi hisoblanadi;
3. Murojaat etuvchining maxfiylik siyosatini qabul qilib "Xalq bilan muloqot" mobil ilovasi tegishli bo‘lgan davlat tashkilotiga va murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun maʼmuriy reglamentlar bo‘yicha masʼul tashkilotar tomonidan shaxsiy maʼlumotlarini ishlov berishga o‘z roziligini beradi;
4. Murojaat etuvchi quyidagi shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berishga o‘z roziligini beradi:
- pasport seriyasi va raqami;
- yashash joyi manzili;
- elektron pochta manzil(lar)i;
- telefon raqami;
- murojaat etuvchi tomonidan taqdim qilayotgan boshqa maʼlumotlar.
5. Shaxsga doir maʼlumotlarni ishlov berishning maqsadi:
6. Murojaat etuvchining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish mobaynida quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi:
- tizimlashtirish;
- saqlash;
- o‘zgartirish;
- to‘ldirish;
- ulardan foydalanish;
- ularni berish;
- tarqatish;
- uzatish;
- egasizlantirish;
- yo‘q qilish.
7. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuniga muvofiq, murojaat etuvchiga shaxsga doir maʼlumotlarini uning ruxsatisiz foydalanish muxofaza qilinishi taʼminlanadi;
8. Murojaat etuvchi u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga doir maʼlumotlar shaxsan unga tegishliligini tasdiqlaydi.