Sport vaziri o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

News Image

Bugun Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Qushbegi mahalla fuqarolar yigʻinida Sport vaziri oʻrinbosari Avaz Karimov ishtirokida sport sohasi vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuvda Sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, hokim oʻrinbosari Otabek Rixsiboyev, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farrux Abduraimov, sport maktab direktorlari, sportchilar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Qabul davomida bugungi kunda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Murabbiy va sportchilar murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal qilindi. Shuningdek, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olinib yangi yil sovgʻalari taqdim etildi.

2025-12-27 |

Yangiliklar