Murojaatlar joyida hal etildi

Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 20 dan ziyod fuqaro o‘z murojaatini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniga ega bo‘ldi.
Murojaatlar mazmuni o‘quvchilarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalarni qamrab oldi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.