Mehr va e’tibor

News Image

3 dekabr –Xalqaro nogironlar kuni

Buxoroda sana munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda viloyatda yashovchi Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Afg‘onchilar birlashmasi, Chernobilchilar birlashmasining a’zolari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari va yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov keksalarni hurmat qilish, imkoniyati cheklangan shaxslarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish Yangi O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini oshirish, ular uchun qulay mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, kafolatli ijtimoiy va moddiy ta’minotni tashkil etish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Islohotlar natijasida viloyatdagi 242 ming  nafarga yaqin keksa avlod vakillari, jumladan, 23 ming 588 nafar nogironligi mavjud keksalar, 4 nafar Ikkinchi Jahon urushi faxriysi, 110 nafar mehnat fronti faxriylari, 35 nafar yuz yoshdan oshganlar bugun davlatimizning kafolatli ijtimoiy himoyasi ostida umrguzaronlik qilmoqda.

Xususan, birgina joriy yilning o‘zida “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi mablag‘lari hisobidan 52 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar sanatoriylarga yuborildi. 775  nafar nogironligi bo‘lgan keksalar maxsus aravachalar, 308  nafari eshitish moslamalari, 118 nafari qo‘ltiqtayoq va 299 nafari hassa bilan ta’minlandi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ularning yurtimiz so‘lim go‘shalari va ziyoratgohlariga sayohatlarini tashkil etish, teatr va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish, ular orasida sport musobaqalari tashkil etish tadbirlari ham uzviy davom etmoqda.

Tadbir davomida yurtdoshlarimizdan bir guruhi viloyat hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyat san’at ustalarining konsert dasturi esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

2025-12-03 |

Yangiliklar