Mahallalarda ehtiyojmand oilalar holidan xabardorlik ishlari davom etmoqda

News Image

Hukumatning ijtimoiy sohada aholining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosati, aytish joizki joylarda ko‘plab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning og‘irini yengil qilmoqda. Bunga misol qilib mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Ular uyma-uy yurib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganmoqda, davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlarni taklif etmoqda.

Masalan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi Po‘lat Qurbonov oilasi ham shunday ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olingan xonadonlardan biri.

Fuqaro og‘ir kasallikka chalingani sabab davolanish uchun mablag‘ talab etilgan. Mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan arizasi qabul qilinib, masala ijobiy hal etildi. Ya’ni, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaroga davolanish hamda uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam ajratildi.

Bundan tashqari, oilaning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida homiylar ham jalb etildi va hozirda xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, isitish mavsumi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga beriladigan bir martalik moddiy yordam ham yetkazildi.

2025-11-18 |

Yangiliklar