Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish nazoratda

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uychi tumanining Hojiobod mahallasida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Dastlab, mahalladagi ko‘p qavatli turar joylardagi xonadon egalari bilan suhbat tashkil etilib, muammolar, issiqlik holati o‘rganildi. Hududdagi 8-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan birga, ta’lim jarayonlari bilan ham tanishildi. Shuningdek, 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoit, issiqlik tizimi, oziq-ovqat ta’minotiga e’tibor qaratildi.
Viloyat rahbari maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitni yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.