Hokim va yoshlar uchrashuvi

News Image

Yoshlarning savoli ham, masalasi ham ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun Dang‘arada tuman rahbarlari ular bilan qishloq, mahalla, korxonalarda muntazam uchrashib turadi.

Bu gal tuman hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot tarzida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Shuhrat Tojihakimov Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kasb-hunar maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda tuman hokimi yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini, g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, yosh mutaxassislarga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yigit-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama etildi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari eshitilib, aksariyati joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

2025-07-17 |

Yangiliklar