Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Urganch shahridagi IT-Park binosida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlarning takliflari, faoliyatini yanada rivojlantirishga to‘siq bo‘lib turgan muammoli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, muloqot davomida yangi biznes loyihalarni moliyalashtirish, kredit to‘lovlari bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tegishli soha mas’ullari ishtirokida o‘rganilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.