Sayyor qabul: yuzma-yuz muloqot va ijobiy natijalar

News Image

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday sayyor qabullardan biri boshqarma boshlig‘i Muhiddin Tog‘ayev boshchiligida Qiziriq tumanining Yangi hayot mahallasida o‘tkazildi.  

Sayyor qabulda fuqarolardan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish, sanatoriylarga yo‘llanma berish, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, davolanishga order olish va boshqa shu kabi  murojaatlar kelib tushdi.

Muammolarning aksariyati joyida hal etildi, ma’lum vaqt talab etgan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbirda shuningdek, aholiga ijtimoiy himoya tizimidagi yangiliklar, sohaning raqamlashtirilayotgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2025-06-19 |

Yangiliklar