Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabarlari

News Image

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam olish, qarzni qaytarish, firibgar tomonidan yetkazilgan zararni undirish, xizmatga kirish, qonunbuzarga chora ko‘rish kabi o‘ttizdan ortiq masalalar yuzasidan murojaatlar qilindi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala va muammolarni hal etish bo‘yicha ichki ishlar organlari mas’ullari zimmasiga aniq vazifa va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, viloyat IIB boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirovning shaxsiy qabuli har yakshanba kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilmoqda.

2025-06-17 |

Yangiliklar