Kogon tumanida ochiq muloqot

Buxoro viloyati Kogon tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda 30 ga yaqin tadbirkorlar, Kogon tuman Xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. Yuzma-yuz muloqotda dastlab tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan QQS ma’murchiligi, yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha tushuntirish berildi.
So‘ng tadbirkorlarning o‘nga yaqin muammolari o‘rganildi. Muammolarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Shu bilan birga qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan ayrim masalalarning yechimi uchun muddat belgilandi.