Muammolar joyida hal bo‘ldi

News Image

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev tomonidan hududdagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joylarda ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda.

Uchrashuvlarda tadbirkor va ishbilarmonlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarini tinglash, ularni chuqur o‘rganish va hal etish yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

Jumladan, Qorako‘l tumanida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda ham ko‘plab tadbirkorlarning muammolarini tezkorlik bilan yechishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mazkur yuzma-yuz muloqotda ishtirok etgan “Qorako‘l kumush kalava” korxonasi rahbari Asror Mansurovning ham soliq imtiyozi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha masalasi ijobiy yechim topdi.

Ta’kidlash lozim, joylarda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar kichik va o‘rta biznes vakillarining muammolarini tezkorlik bilan hal etish, ularning barqaror faoliyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda viloyatda biznes muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. 

2025-06-05 |

Yangiliklar