Murojaatlar ijrosi nazoratga olindi

News Image

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov tomonidan Qamashi tumanida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Asosiy maqsad tadbirkorlar muammolarini o‘rganish, unga yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Unda Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov, tumandagi tijorat banklari, mutasaddi tashkilot vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda 20 nafardan ortiq tadbirkor soliqqa oid, faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar qildi.

Jumladan, fuqaro Abduqahhor Qodirov nomida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektiga joriy yilda hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha tushuntirish berishni so‘rab murojaat qildi.

Shuningdek, uchrashuvda qatnashgan Olimjon Qodirov ham boshqarma boshlig‘iga o‘zini qiynayotgan masala yuzasidan murojaat qildi. Unga murojaati bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Har bir murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarning izohlari tinglandi. Ularning yechimi bo‘yicha aniq vaqt va mas’ullar belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining tadbirkorlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

2025-05-01 |

Yangiliklar