Kadastrlar palatasi aholi muammolarini o‘rganmoqda

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.
Tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda tumanning “Paxtazor“, “Tinchlik“, “Do‘stlik“, “Ko‘ksaroy“, “Chinobod“, “Xo‘japiskan“, “Beruniy“, “Bishkent“, “Mevazor“, “Madaniyat“, “Yilqichi“, “Sergili“, “Surum“ MFYlari fuqarolari ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida 50 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlar mutasaddilarga kadastr, sog‘liqni tiklash, ishga joylashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Palata raisi vakolati doirasidagi muammolarga shu yerning o‘zida yechim topilib, muddat va o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida“gi farmoyishiga asosan e’lon qilingan “Dolzarb bir oylik” tadbirlari doirasidagi sayyor qabullar davom etmoqda.