Hokim ijod maktabida bo‘ldi

News Image

Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov davlatimiz rahbarining 2019 yil 19 fevraldagi taklifiga asosan Guliston shahrida qurilib foydalanishga topshirilgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida o‘qiyotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda viloyat rahbari maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarning bilimlariga baho berdi.

Uchrashuv avvalida ijod maktabida tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva muzeyiga tashrif buyurildi. Shoiraning hayoti bilan bog‘liq ko‘plab eksponatlar ko‘zdan kechirildi. Muzeyda maktab o‘quvchilaridan biri– Odinaxon Yo‘lchiyeva har bir eksponat haqida o‘zbek va ingliz tillarida ma’lumot berdi. Bu viloyat rahbarida ijobiy taassurot qoldirdi. 

Shundan so‘ng viloyat rahbari tajribali biologiya o‘qituvchisi Sherzod Nurmatov tomonidan o‘tilayotgan biologiya darsi va Abdujabbor Toshmatov tomonidan o‘tilayotgan informatika darslarida qatnashdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashib, davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar haqida fikr almashdi.

– Viloyat rahbari ijod maktabi bilan tanishish davomida nutq madaniyati va notiqlik san’ati darsini ham kuzatib, yoshlarga ibrat bo‘lishi kerak bo‘lgan hayotiy voqealardan aytib berdi. Eng asosiysi, dars jarayonlari qiziqarli savol-javob bilan uyg‘unlashib ketdi,– dedi oliy toifali o‘qituvchi Mohidil Ziyayeva.

Uchrashuv so‘nggida viloyat rahbari bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ta’lim muassasasini yanada rivojlantirish, sharoitlarini yaxshilash va o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

2025-04-07 |

Yangiliklar