Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirkorlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga mas’ul soha xodimlari bilan uchrashdi.
Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari Ayubxon Kamalov, AT “Xalq banki” departamenti rahbari Farhod G‘afurov ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay muhit va zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Jumladan, Andijon viloyatida ham mazkur yo‘nalishda aniq manzilli, samarali ishlar olib borilayotganligi alohida qayd etildi.
Uchrashuvda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay muhit hamda moliyalashtirish tizimini shakllantirish, tadbirkorlar uchun infratuzilma va kafolatli bozor yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi muhim vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, xususan, tadbirkorlarga yer maydonlari ajratish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat hokimi va mutasaddilardan atroflicha javob oldi.