Sayyor qabul

News Image

Olmaliq shahrida aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabulda Toshkent viloyati prokurori, viloyat IIBB boshlig‘i, Prezident Xalq qabulxonasi, Sud, Departament, Adliya, Soliq hamda FVB boshqarmasi rahbariyati qatnashdi.

Unda Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov tomonidan ichki ishlar organlariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Jarayonda aholining mazkur tizim tashkilotlariga xizmatga kirish va qayta tiklash, tergov, probatsiya xizmati, fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa shu turdagi 30 dan ziyod murojaatlar o‘rganildi.  

Ularning asosiy qismi qabul jarayonida va muhokamalarda ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. 

2024-11-21 |

Yangiliklar