Azimobodda yangi inshootlar ochildi

News Image

Oltiariq tumanining bo‘z yerlarida yarim asr ilgari Azimobod hududi tashkil etilgan edi. Hozir u tumanning obod, ko‘rkam qishloqlaridan biri.

2-sektor rahbari tashabbusiga ko‘ra qishloqdagi 22-MTT hududida 320 o‘rinli yangi, qo‘shimcha bino hashar yo‘li bilan qurildi. Mahalla idorasi binosi ta’mirlandi. Ularning ochilish tadbiri haqiqiy tantanaga aylanib ketdi. Qishloq ahli jamuljam bo‘ldi. 18 ta kam ta’minlangan oila farzandlariga shu kuni to‘y ham qilindi. Keng maydonga dor tikildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiyev boshchiligidagi san’atkorlar davrani qizitdi.

– Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash eng bosh vazifa. Bu Prezidentimizning biz, hudud rahbarlariga har kun berayotgan topshiriqlaridir, – dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov. – Bundan keyin ham qishloqlarimiz obodonchiligi uchun lozim bo‘lgan mablag‘ yo‘naltiriladi va har qanday tashabbus qo‘llab-quvvatlanadi. 

Aholi vakillari qishloq maktabiga 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish to‘g‘risida Xayrullo Bozorovga murojaat qildi. Hokim bu masalada ham yordam ko‘rsatishni bildirdi. 

2024-11-18 |

Yangiliklar