Orolbo‘yida “Yashil makon” aksiyasi boshlandi

News Image

Nukus shahri hududida “Yashil makon” aksiyasi doirasidagi keng ko‘lamli tadbirlarga start berildi.

Unda yurtimiz farovonligiga hissa qo‘shishni niyat qilgan yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar, muassasa, tashkilotlar xodimlari ishtirok etib, ezgu niyat bilan nihol ko‘chatlarini ekdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, atrof-muhit ozodaligini ta’minlash va yashil hududlarni barpo etishda xalqimiz bilan birga hamjihatlikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yil kuz mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida jami 5 million 250 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekilishi belgilangan. Ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida pitomniklarda 6 million 536,8 ming dona manzarali va mevali ko‘chat zaxirasi yaratildi.

Bugungi kunda shahar va tumanlarda 1 ming 403 gektar ochiq maydon va ko‘cha bo‘ylari belgilab olinib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

2024-11-10 |

Yangiliklar