Hokim aholi murojaatlarini tingladi

News Image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Sayxunobod tumanining Farovon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda aholining sog‘liqni saqlash, bandlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, eskirgan elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kredit va tadbirkorlik masalalariga oid murojaatlari tinglandi.

Hokim hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholining bo‘sh va qarovsiz qolib ketgan tomorqalarida ro‘zg‘orga naf keltiradigan ekin turlarini ekib, undan qo‘shimcha daromad topish masalalariga ham ahamiyat qaratib, bu boradagi yumushlarni jadallashtirish to‘g‘risida mas’ullarga topshiriqlar berdi. 

Sayyor qabulda murojaatlarning kattagina qismiga shu joyning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, muayyan vaqt va mablag‘ talab etadiganlari nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy jihatdan tushuntirishlar ham berib o‘tildi. 

2024-09-23 |

Yangiliklar