Yoshlar muammolari ijobiy hal etildi

News Image

Poytaxtimizda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  

Xususan, yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va moddiy ko‘mak ajratish bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  

Jumladan, Sadoqat Adilova professional ta’lim olishda shartnoma mablag‘ini to‘lash uchun moddiy yordam so‘radi. Uning muammosi ijobiy hal etilib, noutbuk sovg‘a qilindi. Jamshid Mahkamov va Jasur Qodirovning esa tadbirkorlik faoliyati uchun asbob-uskuna xarid qilish bo‘yicha qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.  

Shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollar va ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.  

2024-07-21 |

Yangiliklar