Viloyat hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi

News Image

Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash, real daromadini oshirish va bandligini ta’minlashga muhim vazifa sifatida ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda tadbirkorlikka keng yo‘l berilib, ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotir.  

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimovning Hazorasp tumanida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ham soha vakillarining murojaatlari tinglandi, faoliyatida uchrayotgan muammolar tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. 

Uchrashuvda tumanda yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish, hududning foydalanilmayotgan iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar bildirildi.  

2024-07-12 |

Yangiliklar