Hokim yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi

News Image

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatda mavjud mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar yetakchilarining o‘tgan 2023 yildagi ish natijalari tahlil qilindi, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan faol yetakchilar mehnati munosib e’tirof etilib, galdagi vazifalar belgilandi.  

Viloyat hokimi yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kelgusida yetuk mutaxassis, tadbirkor hamda kasb-hunar egasi bo‘lib yetishishi uchun hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida to‘xtalib, yetakchilarga zarur tavsiyalar berdi.    

Faolligi bilan namuna ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari viloyat xokimi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2024-06-07 |

Yangiliklar