Hokim mahalla yoshlarining murojaatlarini tingladi

News Image

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Yangibozor tumanidagi Pahlavon Mahmud mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

Mazkur mahallada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar soni 941 nafar bo‘lib, ularning 577 nafari “yashil”, 352 nafari “sariq” va 12 nafari “qizil” toifaga kiritilgan. Joriy yilda 49 nafar yoshga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun 8,8 gektar yer maydoni, 12 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit, 5 nafariga subsidiya ajratildi. 7 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 3 nafarining oliy o‘quv yurtida tahsil olish uchun kontrakt puli to‘lab berildi.

Uchrashuvda yoshlarning ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish va subsidiya masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatning amaliy ijrosi bo‘yicha viloyat hokimi tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi. Har bir murojaat ijrosi tegishli tartibda nazoratga olindi.

2024-05-10 |

Yangiliklar