Xalq vakillarining hududlardagi uchrashuvlari davom etmoqda

News Image

Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev, Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Qosimov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.

Sarbozor, Qo‘shkapa va Qorabog‘ mahallalaridagi o‘rganishlar davomida aholi vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 

Shuningdek, bir qator qonun hujjatlari hamda «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur masalalar yuzasidan fuqarolarning savollariga javob qaytarildi.

2024-04-20 |

Yangiliklar