Olis qishloqda 466 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

News Image

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyili asosida keng ko‘lamli xayrli ishlar olib borilayotgan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Obod Neko‘z” mahallasidagi 7-sonli oilaviy poliklinikaning Boydoqchi filialida viloyat va tuman markazidan borgan malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Ko‘rikda viloyat shifoxonalaridan endikrinolog, kardiolog, LOR, dermatolog, psixiatr,  nevropatolog, oftalmolog, urolog kabi mutaxassislar ishtirokida laboratoriya, EKG va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mobil poliklinikasi va mobil oftalmologiya avtobuslari imkoniyatlaridan samarali foydalanildi.  

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy ko‘rik davomida hududdagi 466 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning 157 nafarida turli kasalliklar aniqlangan. Shundan 14 nafariga tuman markaziy shifoxonasi,  3 nafariga viloyat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar  berilgan.

2024-02-03 |

Yangiliklar