Kattachek mahallasi obod bo‘ladi

News Image

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Kattachek mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Dastur asosida zamonaviy loyihalar asosida mahalla  idora binosi, 39- MTT binosini mukammal ta’mirlanib, 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 330 o‘rinli o‘quv binosi quriladi. “Kattachek” oilaviy shifokorlik punkti binosida ham ta’mirlash ishlari bajarilib, yangi laboratoriya bunyod etiladi.  Qishloqdagi xiyobon qayta rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, 18,5 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanadi, 1 ta suv inshooti quriladi, 3 kilometr masofada ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi hamda 3,4 kilometr masofadagi elektr tarmog‘i qaytadan zamonaviy qurilmalar bilan tortiladi.

Mahallada shuningdek, bahor mavsumida 16 ta ko‘cha bo‘yida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.

2024-02-06 |

Yangiliklar