Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi
Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xo‘jayeva ishtirokida talabalar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida talabalar institutda fransuz, nemis, xitoy tillari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlarini ochish, akademik almashuv dasturlari bo‘yicha xorijda o‘qish, yillik to‘lov-shartnoma, ijara to‘lovlari va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan institut mutasaddilariga murojaat qildi.
Institut rahbariyati ushbu murojaat va savollarni o‘rganish va uni ijobiy hal etish, o‘rtaga tashlangan masalalarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni esa qisqa fursatda bartaraf qilish borasida talabalarga tushuntirish berdi.
Albatta, bu kabi sayyor qabullarning ochiq muloqot tarzida o‘tkazilishi har ikki taraf uchun ham unumli bo‘lib, muammo va kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etiladi.