Zominda sayyor qabul

News Image

Jizzax viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Zomin tumanidagi sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlariga daxldor masalalarini ko‘rib chiqdi.

Zomin, Yangiobod hamda Zarbdor tumanlari aholisi ishtirok etgan muloqotda yo‘l belgilari o‘rnatish, ID karta rasmiylashtirish, o‘g‘irlik, firibgarlik va tovlamachilikka oid murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rildi. Sayyor qabul davomida bir necha fuqaro xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etgan ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorlik bildirdi. Muloqot davomida ko‘tarilgan 30 ga yaqin masalaning aksariyati joyida hal etildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan murojaatlarni yechish borasida mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib,  ijrosi nazoratga olindi.  

Tadbir so‘nggida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilgani uchun ularga ID kartalar topshirildi.  

IIB boshlig‘i, general-mayor G‘.Qodirov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zomin tumani IIB xodimlari tomonidan “Mustaqillik” MFY hududida barpo etilayotgan 2 gektarlik bog‘da kuzgi ko‘chat ekish hasharida ishtirok etdi.  

Shu kuni yangi boqqa tuman IIBda xizmat qilayotgan barcha xodimlar faollik ko‘rsatib, 2 ming 200 tup bodom, tut, archa, terak kabi mevali va manzarali ko‘chatlar ekdi.  

2023-11-18 |

Yangiliklar