Fuqarolar muammolari o‘rganildi

News Image

Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtimiz bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Shayxontohur tumanidagi “Jangoh” mahallasi fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Qabul davomida aholi tomonidan davolanish uchun moddiy yordam, shifoxonaga bepul yo‘llanma, uy-joy ta’miri uchun mablag‘ olish, hamda o‘zini-o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa bir qator muammolar atroflicha o‘rganildi.  

Ushbu muammolarning aksariyati joyida hal etildi va yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.  

2023-11-06 |

Yangiliklar