Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik avjida

News Image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayni kunlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimi barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari hamda targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, ana shunday o‘quv-amaliy mashqi Nukus shahridagi suv taqsimlash inshootidagi suv uzatish nasos xonasida sodir bo‘lgan hamda Gulzar mahallasi Sarbinaz massividagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi suv quvurida kelib chiqqan avariyani bartaraf qilish, shuningdek aholini suv tashish texnikasi bilan ta’minlashga oid  mavzuda tashkil etildi.  

2023-09-09 |

Yangiliklar