Murojaatlar nazoratga olindi

News Image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Yangiyer shahrining “Ma’rifat” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida o‘tkazilgan qabulda shahar aholisi hamda Boyovut tumanidan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Unda ellikdan ziyod fuqaroning kadastr, ichimlik suvi, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa ko‘plab masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi.  

O‘rganilgan murojaatlarning o‘ttiz ikkitasi ijobiy yechim topdi. O‘nta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Sakkizta murojaat esa ijobiy hal qilinishi uchun belgilangan tartibda ijrosi nazoratga olindi.  

2023-05-26 |

Yangiliklar