Forishda sayyor qabul

News Image

Jizzax viloyati Forish tumanidagi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini imkon qadar joyida hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Murojaatchilar o‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda viloyat sudi raisi O‘tkirjon Jumayev, viloyat ma’muriy sudi raisi Sarvarbek Rahmonov, viloyat sudlari sudyalari, tumandagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokuratura, ichki ishlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbar va vakillari ishtirok etdi.  

Sayyor qabulda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarni qiynab kelayotgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatildi. 24 nafar fuqaroning murojaati joyida o‘rganib chiqildi. Ularning 20 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi. 3 ta murojaat esa moddiy yordam ajratilishi yuzasidan berilganligi sababli Jizzax viloyati Prezident Xalq qabulxonasiga yo‘llandi.  

O‘rganilgan murojaatlarning aksariyati uy-joy, mehnat hamda aliment undirish bilan bog‘liq. Shuningdek, sayyor qabulda sud raislari tomonidan fuqarolarga yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

2023-05-25 |

Yangiliklar