Ehtiyojmandlarga bayram tuhfasi

News Image

Yangi yil munosabati bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashish maqsadida xayrli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ibrat va Parosmon mahallalarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz va nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Ularga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi hamda Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir davomida oilalarning turmush sharoiti o‘rganilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bu kabi ezgu ishlar aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qolaversa, byuroning viloyat boshqarmasi inson qadrini ulug‘lash, mehnat faxriylariga hurmat va e’tibor ko‘rsatish maqsadida xayrli tashabbusni amalga oshirdi. Xususan, boshqarma rahbariyati va xodimlari tomonidan uzoq yillar davomida halol mehnati, fidoyiligi va kasbiy tajribasi bilan tizim rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan bir qator soha faxriylari holidan xabar olindi.

Mehnat faxriylari ham ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, o‘zlarining samimiy duo va ezgu tilaklarini izhor etdi.

2026-01-03 |

Yangiliklar