Yosh olimlar bilan ochiq muloqot

Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yosh xotin-qizlar, sun’iy intellekt mutaxassislari hamda yosh olimlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, mamlakat kelajagini quradigan yoshlar har tomonlama bilimli va salohiyatli bo‘lishi zarurligi, ularga katta ishonch bildirilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi o‘rni, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim, tadqiqot va amaliy loyihalarda samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh olimlarning ilmiy izlanishlari, startap tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari tinglandi.
Bildirilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy etish, istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.