Sayyor qabulda pensiya tayinlanishi bilan bog‘liq ko‘p yillik muammo hal bo‘ldi

News Image

Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va qator mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova rahbarligida bo‘lib o‘tgan qabul davomida jami 15 nafarga yaqin fuqaroning muammolari tinglandi.

Ma’lumki, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalqning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ijobiy hal etish ustuvor vazifaga aylangan. Sayyor qabullar esa joylarda o‘rganilgan muammolar ijrosini ta’minlash va nazorat qilishning eng maqbul yechimidir.  

Shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi qabulda fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar vakillari ishtirokida hal etildi.  

Xususan, muammolarning ikkitasi joyida hal bo‘ldi. Jumladan, Mirobod tumani, Istiqlolobod mahallasida istiqomat qiluvchi F.J. ning pensiya tayinlanishi bilan bog‘liq ko‘p yillik muammosiga yechim topildi. Yashnobod tumani “Mohirlar” MFYda yashovchi L.T.ni esa ayrim sabablarga ko‘ra to‘lay olmagan ta’lim uchun shartnoma to‘lovi qoplab beriladigan bo‘ldi. Qolgan o‘rganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.

Bularning barchasi davlatimiz rahbari boshchiligida inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning yorqin namunasidir.

2025-11-27 |

Yangiliklar