Muammolar prokuror nazoratida

News Image

Viloyat prokurorining o‘rinbosari I.Rasulov rahbarligida Buxoroda Bosh prokurorning sanoat zonalari faoliyatiga doir qonunchilik ijrosi hamda sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish haqidagi topshirig‘iga muvofiq Qorako‘l tuman “Xo‘jalar” kichik sanoat zonasi, hududdagi “PARVOZ FAYZ PLUS BARAKA” MCHJ va “KARAKUL GARDEN TEX” MCHJlar faoliyatlari tanishildi.

“PARVOZ FAYZ PLUS BARAKA” MCHJ korxonasiga kichik sanoat zonasi balansidagi 2000 kv bino tikuvchilik faoliyatini tashkil qilish uchun ajratilgan. Bugungi kunda tadbirkorning 3,0 milliard so‘mlik o‘z mablag‘lari hisobidan bino inshoot qayta ta’mirlangan. Uskuna sotib olish uchun Aloqabank tomonidan 4,5 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Tadbirkor tomonidan 10 kun muddatda loyihani ishga tushirib 2 smenada 500 ta ishchi o‘rni yaratilishini bildirildi. Bunda elektr va tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Ushbu muammolar joyida hal qilinishi ta’minlandi.

“KARAKUL GARDEN TEX” MCHJ tomonidan qiymati 4,7 milliard mo‘mlik mato ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida barcha asbob uskunalar olib kelingan bo‘lib 10 kun muddatda loyihani ishga tushirib 50 ta ishchi o‘rni yaratish bildirildi.

 Shuningdek, Jondor tumanidagi “Qaroli” kichik sanoat zonasida joylashgan “XOLMUROD FAMILY” MCHJ tomonidan elektr jihozlar ishlab chiqarish, “To‘xtasin gulrux” MCHJ tomonidan Alyumin idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari hamda yoshlar sanoat zonasi hududidagi loyihalar bilan tanishildi.

O‘rganishlar davomida, tashabbuskorlarning Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda, gaz ta’minoti bo‘yicha muammolari aniqlanib, muammolarning joyida hal qilinishi ta’minlandi.

Shuningdek, kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga muammolar yuzasidan viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tadbirkor murojaati” telegram bot orqali murojaat qilishi, murojaatlar qisqa muddatda tezkorlik bilan hal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

2025-08-22 |

Yangiliklar