Muammolar bartaraf etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Vobkent tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Suxrob Fayziyev asosiy e’tiborni ishbilarmonlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga qaratdi.
Uchrashuvda dastlab biznes vakillariga soliq tizimidagi yangiliklar, imtiyozlar hamda soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan soliq imtiyozlari, soliq hisobotlari, yer va mol-mulk soliqlari hamda ortiqcha to‘lovlarni qaytarish masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlar o‘rganildi.
Ishtirokchilar Buxoro tumanidagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv chog‘ida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z salohiyatlarini to‘la ishga solish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yangi loyihalarni ishga tushirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotlarda soliq imtiyozlaridan foydalanishda uchrayotgan tushunmovchiliklar, soliq hisobotlarini taqdim etishdagi amaliy masalalar va QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish tartibi kabi qator mavzular ko‘tarildi.
Xususan, unda 20 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadiganlarining ijrosi nazoratga olindi.