Boshqarma boshlig‘i tadbirkorlar bilan uchrashdi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev Qorovulbozor tumanidagi tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, ular duch kelayotgan muammolarga tezkorlik bilan yechim topish maqsadida biznes egalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
So‘ngi yillarda ushbu tumanda tadbirkorlarning safi tobora ortib bormoqda. Shu maqsadda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolarga joyida yechim topib barqaror faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratilmoqda. Ayni shu maqsada tashkil etilgan uchrashuvda 30 nafardan ortiq tadbirkorlik subekti vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatlarida uchrayotgan muammolar va takliflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yetkazib, ularni tezkorlik bilan yechishda amaliy yordam so‘radi.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrimlari bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirildi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Zero, tadbirkorlik iqtisodiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchdir.