Muloqot, muammo va yechim

News Image

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tadbirkorlar bilan bevosita muloqot olib borish, ularning bojxona sohasidagi muammolarini eshitish va joyida hal etishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.

Boshqarma boshlig‘i B.Muratov Buxoro tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Unda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash imkoniyatlari, tovarlarni o‘z omboriga joylashtirish tartiblari borasida murojaatlar tinglandi va ularning har biri bo‘yicha aniq izohlar hamda amaliy yechimlar taqdim etildi.

Ochiq muloqot davomida Bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, inson omilini kamaytirish, tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish, “Raqamli bojxona” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Xususan, hozirgi kunda bojxona tizimida barcha asosiy operatsiyalar raqamlashtirilgan bo‘lib, tartib-qoidalar onlayn tarzda, qog‘ozsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat ortiqcha vaqt va mablag‘ni tejaydi, balki korrupsiya xavfini kamaytirish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv so‘ngida tadbirkorlar bojxona tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa, muloqot va hamkorlikka asoslangan yondashuv uchun minnatdorlik bildirdi. 

2025-06-18 |

Yangiliklar