Tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga bag‘ishlandi

Jizzax viloyati markazida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov, Biznes-ombudsman devoni xodimlari, tadbirkorlar hamda nazorat qiluvchi organlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda 23 ga yaqin nazorat qiluvchi organlardan 300 nafarga yaqin xodim qatnashdi. Ularga tadbirkorlik subektlarida tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi hamda tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.