Talabalar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

News Image

Talaba-yoshlarning muammolariga joyida yechim topish va ularning taklif hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda talabalar tomonidan o‘qish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ishga joylashish, moddiy yordam va ma’naviy ko‘mak berish, sharoitlarini yaxshilash kabi masalalarda murojaatlar qilindi. 

Qabulda nafaqat muammolar, balki talabalar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va g‘oyalar ham tinglandi. Jumladan, universitet kutubxonalarini 24 soat davomida faoliyat yuritadigan tizimga o‘tkazish, “speaking club”, “time menegment” kabi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan markazlar ochish, kasb-hunar va zamonaviy texnologiyalarga oid to‘garaklar tashkil etish, ilmiy-innovatsion ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Rektor barcha murojaat va takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Har bir murojaat ijrosi nazoratga olinib, ularning hal etilishi uchun zarur choralar ko‘rilishini alohida ta’kidladi. 

Bu kabi ochiq muloqotlar talabalar va rahbariyat o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

2025-04-30 |

Yangiliklar