Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Andijondagi farmatsevtika zonasida farmatsevtika sohasida ish olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida o‘tgan uchrashuvda viloyatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, soliq tizimini takomillashtirish, biznesni rivojlantirish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Muloqot davomida biznes sohasi vakillarining taklif va tashabbuslari tinglandi, ularning samarali faoliyat yuritishiga to‘siq bo‘layotgan masala va muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, farmatsevtika yo‘nalishida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirildi, amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi.
Muloqotda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga Soliq qo‘mitasi raisi va boshqa mutasaddilar atroflicha javob qaytardi.