Inspeksiya tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda

News Image

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspetsiyasi tomonidan ham aholi muammolarini o‘rganish, ularga tegish yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, inspeksiya rahbar o‘rinbosari F. Samatov G‘allaorol tumanidagi og‘ir ahvoldagi mahallalarda aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyillari asosida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, ushbu mahallalarni og‘ir hudud toifasidan chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Mazkur uchrashuv Xalq qabulxonasi vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilib, "O‘zbekiston" MFY, "Mulkush" QFY, "Uzunbuloq" MFY, "Jiydali" QFY, "Korizquduq" QFY hamda "Ko‘kbuloq" QFY kabi qator mahallalarni qamrab oldi.

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va dolzarb muammolarni joyida hal qilish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalliy aholi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi.  

Uchrashuv davomida ilgari surilgan muammolar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, infratuzilmaga oid masalalar tegishli tashkilotlarga yetkazilib, joyida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida ham tegishli dasturlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.  

Qayd etilganidek, bunday ochiq muloqotlar aholining ijtimoiy muammolarini tizimli ravishda hal qilish va turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2025-03-24 |

Yangiliklar