MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

News Image

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Toshkent viloyatida to‘rt kun davom etgan sayyora qabulda 161 nafar fuqaro hamda tashkilot vakillari Byuro direktori Muzaffar Egamberdiyev tomonidan qabul qilindi.

Unda aliment, qarz va zarar summalarini undirib berish, garov mulklarini auksion savdolariga chiqarib berilishi yuzasidan, uyga kiritish hamda uydan chiqarish masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha undiruvchi G.Sulaymonova 2 nafar farzandiga aliment undirish masalasida murojaat qilgan. O‘z murojaatida qarzdor uzoq muddatdan buyon aliment pullarini to‘lamay kelayotganini bildirgan. Sayyor qabul vaqtida ijro harakatlari olib borilib, qarzdor I.Ismailovdan 36,5 mln. so‘m G.Sulaymonovaga sayyor qabul vaqtida undirib berildi.

Shuningdek, Byuroning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchi S.Po‘latova 1 nafar farzandiga aliment undirish masalasida murojaat qilgan.

O‘z murojaatida qarzdor uzoq muddatdan buyon aliment pullarini to‘lamay kelayotganini bildirgan. Qarzdor qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lib, mazkur ijro hujjati nazoratga olindi.

Bundan tashqari, “Ipak yo‘li bank” ATB ishonchli vakili B.Sherqulov bank kredit qarz summalarini undirish yuzasidan ijro hujjati Byuroning Chinoz tuman bo‘limi ish yurituvida ekani, qarzdor fuqaroning garov mulki bo‘lgan avtotransport vositasini xatlash va auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur murojaat yuzasidan ijro hujjatidagi ixtiyoriy muddat tugaganidan so‘ng garov mulki auksion savdolariga chiqarilishi tushuntirilgan.

Sayyor qabulda 161 nafar arizachidan 85 nafari aliment masalasida, 48 nafari qarz va zarar undirish masalasida, 28 nafari esa boshqa masalalarda murojaat qilgan. Shundan 3 ta murojaat joyida hal qilinib, 153 tasi qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Qolgan murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

2025-02-24 |

Yangiliklar