“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida sayyor qabul

News Image

Mariyam aya Shokirova Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Xashman mahallasida istiqomat qiladi. Hozirda farzandi bemorligi sababli yotoqda.

 Shuning uchun uni nogironlik ro‘yxatiga kiritish lozim. Qolaversa, uyining kadastri yo‘q, tabiiy gazga ulanmagan. Sanatoriyga dam olish uchun ham ehtiyoji bor, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tmagan.

M.Shokirovaning muammolariga tuman adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tashkil etilgan sayyor qabulda yechim topildi.  

– Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib, savoliga javob olsa,  ishonchi ortadi, – deydi Mariyam aya Shokirova. – Mahallamizda adliya xodimlari bilan uchrashuv bo‘layotganligini eshitib keldim. Muammolarimni tinglashdi. Menga mahalla yettiligining tegishli mutaxassislari ko‘magida amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatlarimni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.  

Bugungi kunda mazkur mahallada 468 ta xonadonda 2 218 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda.  

Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta’minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit olish kabi o‘nlab masalalarda murojaatlar qabul qilindi. 25 ga yaqin murojaat va takliflar ijobiy hal etish maqsadida adliya organlarining ish yurituviga olindi.  

Shuningdek, fuqarolarga farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga ro‘yxatga qo‘yish, elektron imzo, tibbiy va manzil ma’lumotnomalarini olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

2025-01-25 |

Yangiliklar