Zamonaviy maskanlar o‘z faoliyatini boshladi

News Image

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi “Dalmunobod” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 ming 332 nafar aholi vakili istiqomat qiladi. Mahallada “Obod qishloq” davlat dasturi asosida ko‘plab ishlar amalga oshirildi va aholi muammolar o‘z yechimini topmoqda.

Yangilanishlar ifodasi sifatida endilikda Dalmunobod mahallasi ham o‘z ma’muriy binosiga ega bo‘ldi. O‘tgan oylarda qurib foydalanishga topshirilgan mahalla binosida mas’ul xodimlar ish yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Hozirda Jondor tumanida 51 ta umumta’lim maktabi va 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 120 ta oilaviy va 11 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, jami maktabgacha ta’lim tashkiloti soni 170 taga yetkazilgani bu tarmoqda amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar samarasi, albatta. 

Zamonaviy qiyofa kasb etgan “Dalmunobod” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi hamda Dovud mahallasidagi 23-sonli davlat muassasasini foydalanishga topshirish tadbirida tuman hokimligi, sektorlar rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirda, yangilangan bino-inshootlarda talab darajasida mehnat qilish ish unumini oshirishga xizmat qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Yig‘ilganlar ramziy lenta qirqilgach, yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi binosi yangi yilda bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shdi. 

2025-01-02 |

Yangiliklar