Tomorqadan foydalanishda Yangi Namangan tajribasi
Yangi Namangan tumanida tomorqadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali aholi daromadlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, tumanning Bunyodkor, Yoshlik, Mustaqillikning besh yilligi mahallalarida kuz mavsumiga xos to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi xonadonlaridagi tomorqalarda, shuningdek, ko‘chalar bo‘ylab tashkil qilingan tokzorlar orasidagi yer maydonlariga ham sovuqqa chidamli ekinlardan – sabzi, piyoz, sarimsoq piyoz, ko‘katlar ekilmoqda.
Tuman hokimi Jobir Abdullayev mahallalarda bo‘lib, bu borada qilingan ishlarni o‘rgandi. To‘qsonbosti usulida ekin ekishni ko‘paytirish borasida aholiga zarur ko‘maklarni berish chora-tadbirlari belgilandi.