Kambag‘allikni qisqartirish – eng dolzarb muammo
Yangiobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar asosida daromadi past oilalarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Bu galgi o‘rganishlar davomida tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev “Balandchaqir” MFYda daromadi past oilalarning turmush sharoitlari bilan tanishib, ular bilan oilaviy daromadi, muammo va ehtiyojlari yuzasidan suhbatlashdi.
O‘rganish jarayonida kambag‘allik darajasiga tushib qolgan fuqarolar duch kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni bandligini ta’mnlash, daromad manbalarini yaratib, oila byudjetini oshirish, moddiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.